Kuni kecha madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov raisligida vazirlik tizimdagi ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligiga bagʻishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
08 Oct, 2022 - 14:50
497
Axborot va matbuot xizmati
Dastavval vazirlikning Ta’lim muassasalari va sohani metodologik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan yangi rahbar – Nozim Kozimovich Qosimov tanishtirildi. Yig‘ilish kun tartibi bo‘yicha ta’lim muassasalaridagi ijro intizomi holati, bolalar musiqa va san’at maktablarida direktor lavozimiga tayinlash ishlarining tahlili, musiqa va san’at maktablarining oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik ishlari, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash kabi bir qator masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, hududiy boshqarmalar va ta’lim muassasalari rahbarlarining hisobot va axborotlari eshitildi. Yig‘ilish so‘ngida Bahodir Ahmedov ta’lim muassasalari rahbarlariga bir qator topshiriqlar berdi.