Taniqli xonanda Davron Gʻoyipov 61 yoshida vafot etdi
07 Oct, 2022 - 16:15
557
Axborot va matbuot xizmati
Taniqli rok-pop yulduzi Davron Gʻoyipov xastalikdan so‘ng vafot etdi. Davron Gʻoyipov 1961-yil 7-oktabrda Urganch shahrida tugʻilgan. U oʻzbek rokining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. 1982-yildan "Original" guruhi badiiy rahbari boʻlgan.
Madaniyat vazirligi jamoasi xonandaning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.