Boku shahrida oʻtkazilgan yosh mumtoz musiqachilar tanlovida oʻzbekistonlik 40 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etib, munosib o'rinlarni qo'lga kiritdilar.
03 Oct, 2022 - 11:55
598
Axborot va matbuot xizmati
27-sentabrdan 4-oktabrgacha Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida oʻtkazilgan yosh mumtoz musiqachilar tanlovida oʻzbekistonlik 40 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etib, munosib o'rinlarni qo'lga kiritdilar.
Jumladan, Jizzax ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi o'quvchisi Asadbek Ismoilov faxrli birinchi o'rinni;
Toshkent shahar 22-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi o'quvchisi Ayupov Samir 2-o'rinni;
Toshkent shahar 22-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi o'quvchisi Juk Artemiy, 16-son BMSM o'quvchisi Mirzayeva Anna hamda V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o'quvchisi Velilayeva Anna maxsus diplom bilan taqdirlandi. O'zbekistonlik yosh musiqachilar 8 ta davlat ichida yuqori natijalarni qayd etdi.