O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilorom Safoyeva tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha o‘tkazildi.

01 Oct, 2022 - 18:52
408
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilorom Safoyeva tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha o‘tkazildi.

Axborot va matbuot xizmati

30-sentabrda Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida ustoz san’atkor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilorom Safoyeva tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha o‘tkazildi.

Kechaga xalq ardog‘idagi san’atkorlar, poytaxt teatrlari vakillari tashrif buyurib, Dilorom Safayevani samimiy qutlashdi. Ijodkorning ko‘p yillar davomida madaniyat, san’at sohasida amalga oshirgan ishlari, xizmatlari e’tirof etildi. Hamkasblari, shogirdlari ijrosidagi go‘zal raqs va kuy-qo‘shiqlar kechaga yanada fayz ulashdi.

Shuningdek, ushbu kechada o‘z kasbining fidoyisi, ustoz san’atkor Dilorom Safoyevaga Madaniyat vazirligi tomonidan "Madaniyat va san’at fidokori" ko‘krak nishoni tantanali topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash