"YANGI O`ZBEKISTONDA ERKIN VA FAROVON YASHAYLIK" QO`SHIQLAR TANLOVI YAKUNLANDI
17 Aug, 2021 - 20:00
751
Final
Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Yosh ijodkorlarni qoʼllab-quvvatlash va axborot-mulʼtimedia markazi tomonidan mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” qoʼshiqlar tanlovining III- (final) bosqichi boʼlib oʼtdi.
Bugunga qadar ushbu tanlovning I-bosqichida ishtirok etgan 600 nafar yosh ijodkordan 178 tasi II-bosqichga oʼtgan boʼlsa, shulardan 25 nafari III-(final) bosqichida bellashdi.
“ZOR TV” telekanali pavilionida adolatli va shaffof tarzda oʼtkazilayotgan mazkur tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini Oʼzbekiston xalq artistlari, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artistlar, tajribali bastakor, musiqiy sayqalchilar, shoir va sanʼat sohasining yetuk mutaxassislari kuzatib, baholab bordi.