30-sentabr kuni Madaniyat vazirligida madaniyat vaziri o'rinbosari Murodjon Madjidov va Kanadaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida joylashgan) A.Le-Kler o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

30 Sep, 2022 - 14:30
426
30-sentabr kuni Madaniyat vazirligida madaniyat vaziri o'rinbosari Murodjon Madjidov va Kanadaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida joylashgan) A.Le-Kler o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Axborot va matbuot xizmati

 

Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasida madaniyat va san'at sohasidagi hamkorlikning hozirgi kundagi holati, uning rivojlanish darajasi va tendensiyalari, kanadalik madaniy soha namoyandalarining mamlakatimizda bo'lib o'tadigan turli xalqaro festival va konsertlarda ishtirok etish masalasi muhokama etildi. M.Madjidov ikki mamlakat madaniyat va san'atga ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari o'rtasida talaba hamda pedagoglar almashinuv dasturlarini yo'lga qo'yish, O'zbekiston yetakchi teatrlarining Kanadaga tashrifini tashkil etishni taklif qildi.Shuningdek, bir qator loyihalarda hamkorlik qilishga kelishib olindi. Uchrashuv ochiq va do'stona ruhda o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash