Madaniyat vazirligi delegatsiyasi xorijiy madaniyat muassasalardagi xalqaro tajribalarni oʻrganish jarayoni
29 Sep, 2022 - 16:15
409
Axborot va matbuot xizmati
Madaniyat vazirligi delegatsiyasi xorijiy madaniyat muassasalardagi xalqaro tajribalarni oʻrganish maqsadida xizmat safarini dastlab Fransiyaning Parij shahridan boshladi
Safarning birinchi kunida Parij shahrida joylashgan Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan "BOUGLIONE" sirki faoliyati bilan tanishildi. Sirk 1934-yilda Bouglione oilasi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, hozirga qadar faoliyat yuritib kelmoqda. "BOUGLIONE" xususiy sirk hisoblanib, uning standartlari, moddiy-texnik bazasini hamda boshqaruv tizimini Oʻzbekiston davlat sirkida joriy etish boʻyicha bir qator kelishuvlarga erishildi.