“Farg‘ona–Toshkent maqom yo‘llari” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy taqdirlash marosimi

29 Sep, 2022 - 14:30
460
“Farg‘ona–Toshkent maqom yo‘llari” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy taqdirlash marosimi

Axborot va matbuot xizmati

 

“Farg‘ona–Toshkent maqom yo‘llari” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy taqdirlash marosimi Farg‘ona shahrida joylashgan Islom Karimov nomidagi Teatr-konsert saroyida boʻlib oʻtdi.

Sozandalar ansambli yoʻnalishida Farg‘ona ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internati o‘quvchilari ansambli va Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabi xonandalar ansambli gʻolib deb topildi. Yakka xonandalik yoʻnalishida Elmurodzoda Ulug‘bek, Abduazimov Azizbek Gran-pri sovrinini qo‘lga kiritdi. Sozandalik yoʻnalishida Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchilari 1-o‘rinni, Surxondaryo namunali maqom ansambli 2-o‘rinni, Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi “Mumtoz” sozandalar ansambli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yakka xonandalik (ayollar oʻrtasida) Farg‘ona viloyatidan Sobirova Sayohat 1-o‘rinni, Buxoro viloyatidan Sulaymonova Gulorom 2-o‘rinni, Qashqadaryo viloyatidan Boboyeva Iroda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash