27-sentabr kuni Andijon viloyatida lektoriy konserti o‘tkazildi.
28 Sep, 2022 - 14:16
404
Axborot va matbuot xizmati
Joriy yilning 27-sentabr kuni Andijon viloyatida Prezidentimizning “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalarini jahon hamda milliy musiqa tarixi bilan yaqindan tanishtirish, ularning musiqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirish, estetik didi, dunyoqarashini kengaytirish maqsadida lektoriy konserti o‘tkazildi.Konsertda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘linmasi ijodiy jamoasi diltortar kuy-qo‘shiqlar ijro etib, yig'ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.