Ular bu sohaga adashib kirib qolishmagan
28 Sep, 2022 - 09:12
421
Axborot va matbuot xizmati
Yodingizda bo‘lsa, biroz muddat avval Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida abituriyentlar bilan uchrashib, suhbatlashgan, ularga talabalikka erishishlarini tilagan edik. Bugun ana shunday baxtga muyassar bo‘lgan yigit-qizlar bilan yuzma-yuz muloqot qildik. O‘zbek milliy san’ati, ta’bir joiz bo‘lsa, misli ummon, bu cheksizlik tubida esa dur-u javohirlar yashirin. Ushbu dargohda ta’lim olishni istagan har bir yosh sabr-toqat, qunt va astoydil harakat bilan ana shu boylikka erishishi mumkin. Muloqot davomida shu kabi masalalar, qolaversa, talabalik davri zavqi-yu mas’uliyati xususida fikr almashdik. Ta’lim olishni boshlaganlariga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, birinchi bosqich talabalari ijrosidagi konsert dasturini ko‘rib, yana bir karra ishonch hosil qildikki, ular bu sohaga adashib kirib qolishmagan. Va, albatta, ustozlar sabog‘i ham behuda ketmaydi.
Ozodbek Nazarbekov, madaniyat vaziri