Bekobod shahrida "Yurtim jilosi" nomli konsert dasturi oʻtkazildi

27 Sep, 2022 - 11:10
421
Bekobod shahrida "Yurtim jilosi" nomli konsert dasturi oʻtkazildi

Axborot va matbuot xizmati

Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasining madaniyat va istirohat bog‘lari hamda madaniyat markazlarida mustaqillikning o‘ttiz bir yillik bayrami munosabati bilan "Yurtim jilosi" nomli xalq ijodiyoti badiiy havaskorlik jamoalarining konsert tomoshalarini tashkil etish bo‘yicha berilgan topshirig‘iga asosan, 24-sentabr kuni "Q.Farmonov" MFY hududida joylashgan "Yoshlar bog‘ida" Bekobod shahar madaniyat bo‘limi tomonidan konsert dasturi tashkil etildi. Tadbirda Bekobod shahar madaniyat bo‘limi ijodiy xodimlari, xonandalar hamda to‘garak a’zolari xalq unvoniga ega jamoalar, shuningdek, tadbirda elimiz suygan san’atkor Guli Asalxo‘jayeva hamda so‘z ustasi, qiziqchi Avaz Oxun ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash