Madaniyat vazirligi nufuzli tanlovda “Eng faol targ‘ibotchi vazirlik-idora” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

23 Sep, 2022 - 14:40
417
Madaniyat vazirligi nufuzli tanlovda “Eng faol targ‘ibotchi vazirlik-idora” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Axborot va matbuot xizmati

Prezidentimizning 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarga munosib baho berish, bu borada ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida “Eng namunali vazirlik va idora”, “Eng namunali tuman va shahar” tanlovlari o‘tkazib kelinmoqda. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan joriy yilgi tanlovlarda 21 ta vazirlik va idora, 14 ta tuman va shahar qatnashdi. Bugun Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi vazirlik-idora” nominatsiyasi bo‘yicha Madaniyat vazirligi g‘olib deb topilib, taqdirlandi. Vazirligimiz jamoasini ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash