Nukus shahrida “Artist” teleloyihasi ijodkorlarining “Yangi O‘zbekiston iste’dodlari” nomli konsert dasturi o‘tkazildi
04 Oct, 2022 - 15:10
616
Axborot va matbuot xizmati
Madaniyat vazirligi tomonidan “Madaniyat karvoni” shaklida hududlarda konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan dasturda “Artist” teleloyihasining ikkinchi mavsumi g‘olib va ishtirokchilari – Malika Hakimova, Mamanbiy Jumabayev, Muhammadali Jo‘rayev, Elyorbek Meliboyev yangi va zamonaviy qo‘shiqlarini yig‘ilganlarga taqdim etdi. Konsert dasturi davomida turli viktorinalar tashkil etilib, g‘oliblar rag‘batlantirildi. Eslatib oʻtamiz, Keyingi manzil – 4-oktabr, Urganch shahri. Barcha konsert dasturlari soat 18:00 da boshlanadi.