Farg’ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabida “Farg’ona–Toshkent maqom yo’llari” respublika ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
23 Sep, 2022 - 13:00
435
Axborot va matbuot xizmati
2022-yil 22-sentabr kuni Farg’ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilingan maqom san'atining “Farg’ona–Toshkent maqom yo’llari” respublika ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovda Farg’ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabi va maqom internati o'qituvchi hamda o'quvchilari, Farg’ona davlat universiteti talabalari, tumanlardan tashrif buyurgan 100 ga yaqin yakkaxon maqom ijrochilari, sozanda va xonandalar ansambllari ishtirok etdi.