Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi "Assalomu alaykum" VI xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlari ko‘rik festivalida "Musiqali choyxona" spektakli bilan ishtirok etdi.
23 Sep, 2022 - 09:10
432
Axborot va matbuot xizmati
2022-yil 21-sentabr kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi "Assalomu alaykum" VI xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlari ko‘rik festivalida "Musiqali choyxona" spektakli bilan ishtirok etdi. Spektakl hayʼat a'zolariga maʼqul keldi va iliq fikrlar bildirildi. Sankt-Peterburgdan tashrif buyurgan hayʼat a'zosi Burman David Semenovich Sankt-Peterburgda 2023-yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan "Петушок" nomli festivalga Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasini "Musiqali choyxona" spektakli bilan taklif etdi.