O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri jamoasi Novosibirsk shahrida
21 Sep, 2022 - 16:48
404
Axborot va matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi “Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari ijrosi yuzasidan O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri jamoasi Novosibirsk shahrida 2022-yil 15-21-sentabr kunlari o‘tkazilgan “Drugiye Berega” IV Butunrossiya teatrlar festivalida ishtirok etdi. 19-sentabr kuni Novosibirsk musiqali teatri sahnasida O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti B.Zokirov hayoti va ijodiga bag‘ishlab sahnalashtirilgan “Intervyu s legendoy” spektaklini namoyish etdilar. Tadbirda Novosibirsk shahridagi O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsuli T.Rahmanov ishtirok etdi.