Fransiyaning Parij shahridagi Parij filarmoniyasida O'zbek sanʼatiga bag‘ishlangan mavzuli kunlar doirasidagi konsert dasturlarida Madaniyat vazirligining Ijodiy guruhi ishtirok etdi.
19 Sep, 2022 - 09:10
413
Axborot va matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Parij filarmoniyasi o‘rtasidagi shartnomaga asosan, joriy yilning 13-18-sentabr kunlari Fransiyaning Parij shahridagi Parij filarmoniyasida oʻzbek sanʼatiga bag‘ishlangan mavzuli kunlar (baxshichilik, maqom san’ati, ipak yo‘li navolari, Samarqand va Buxoroga bag‘ishlangan konsertlar) doirasidagi konsert dasturlarida Madaniyat vazirligining Ijodiy guruhi ishtirok etdi. Parij filarmoniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda milliy musiqa san'atimizning yorqin namunalari mahalliy va xorijlik tomoshabinlarga havola etilib, ommaning katta qiziqishiga sabab bo'ldi.