Fransiyaning Parij shahrida Parij filarmoniyasi bilan hamkorlikda konsert dasturlari bo'lib o'tdi
18 Sep, 2022 - 16:10
429
Axborot va matbuot xizmati
Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Fransiyaning Parij shahrida Parij filarmoniyasi bilan hamkorlikda joriy yilning 16-17-sentabr kunlari O'zbekiston madaniyati va san'atiga bag'ishlangan konsert dasturlari bo'lib o'tdi
Madaniyat vazirligi vakillari milliy maqom san'ati, baxshichilik, Samarqand va Buxoro ashulalari namunalarini ijro etib, Fransiya hamda butun dunyodan tashrif buyurgan musiqa ixlosmandlariga taqdim etdilar. Nodira Pirmatova, Ilyos Arabov, Yulduz Turdiyeva kabi milliy musiqa san'atimiz kuychilari o'z san'at namunalari bilan muvaffaqqiyatli chiqishlar qildi.