Farg‘ona viloyatidagi respublika tanlovi yakuniga yetdi
03 Oct, 2022 - 18:11
572
Axborot va matbuot xizmati
Farg‘ona viloyatida joriy yilning 29-sentabrida boshlangan O‘zbekiston davlat filarmoniyasining hududiy bo‘linmalari jamoalari o‘rtasida respublika tanlovi yakuniga yetdi
Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, Buxoro viloyatidan Jasur Saidov “Eng yaxshi oʻzbek va xorij kompozitor va bastakorlar ijod namunalaridan ijro etgan qo‘shiqlar ijrochisi”;
Jizzax viloyatidan Doston Toirov “Eng yaxshi an’anaviy xonanadalik” va Hojiakbar Tojiboev “Eng yaxshi estrada xonanadaligi”;
Qoraqolpog‘iston Respublikasidan Niyozbek Askarov “Eng yaxshi xalq cholg‘u ijrochisi” va Dilbar Doshbaeva “Eng yaxshi yakka ijrochi;
Surxondaryo viloyatidan Suyunbek Ergashev “Eng yaxshi yosh xonanda”, Xorazim viloyatidan Dilnoza Artikova “Eng yaxshi Zamonaviy raqs ijrochisi” va “Eng yaxshi milliy raqs jamoasi” nominatsiyalari bilan viloyat jamoalari va jamoa ishtirokchilari taqdirlandi.
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ahmedov Bahodir Madjidovich 1-, 2- va 3-o‘rin sovrindarlari nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 3-o‘rin Andijon viloyati, 2-o‘rni Samarqad viloyati va 1-o‘rin Farg‘ona viloyati jamoalariga nasib etdi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari hamda nizomda belgilangan 3-o‘rin uchun 100 mln so‘m, 2-o‘rin uchun 200 mln so‘m va 1-o‘rin uchun 300 mln so‘m pul mukofotlari taqdirlandi va keyingi yil respublika tanlovi Samarqad viloyati mezbonlik qilishi aytildi.