"FUQAROLAR ISHTIROKIDAGI AUDIT" NIMA?
04 Oct, 2022 - 12:10
802
Axborot va matbuot xizmati
Hurmatli fuqarolar!
Joriy yilning 1-oktabridan boshlab fuqarolar tomonidan tanlab olingan nazorat obyektlarida nazorat tadbirlarini o’tkazish hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va ichki audit xizmatlari faoliyati samaradorligini baholashni nazarda tutuvchi fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi joriy etildi.
Barchamizda “Fuqarolar ishtirokidagi audit” tizimi nima ekanligi, nima uchun bu tizim kerak hamda u orqali nimalarga erishiladi kabi savollar paydo bo‘lishi mumkin.
Shu kabi savollarga javoblar (https://telegra.ph/Hurmatli-fuqarolar-10-01)
Ayni vaqtda “Fuqarolar ishtirokidagi audit” tizimi orqali nazorat obyektlarini tanlash jarayoni davom etmoqda.
2022-yil 3-oktabr holatiga “www.davlatauditi.uz” (https://davlatauditi.uz/sign-in?redirectURL=%2Fhome) portali orqali
250 dan ortiq fuqarolar tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazish maqsadida 23 ta budjet tashkiloti tanlandi.
(https://telegra.ph/Hurmatli-fuqarolar-10-03)Faol bo‘lganingiz uchun minnatdormiz!
Tanlash jarayonida ishtirok eting va budjet mablag‘larini yanada samarali sarflanishiga o‘z hissangizni qo‘shing!