Madaniyat vazirligi delegatsiyasi Qozog‘istonda

09 Sep, 2022 - 08:56
459
Madaniyat vazirligi delegatsiyasi Qozog‘istonda

Axborot va matbuot xizmati

Shu kunlarda Qozog‘iston Respublikasining Nur-Sulton shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar madaniy hamkorlik bo‘yicha kengashining XXXVII yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosari M.Madjidov boshchiligidagi Madaniyat vazirligi delegatsiyasi ishtirok etyapti.

M.Madjidov anjumanda nutq so‘zlab, MDH doirasida madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati, O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik yuzasidan ma’lumot berdi.

Yig‘ilish doirasida MDHga a’zo davlatlar madaniyati hamda san’atiga bag‘ishlangan “Art Expo” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Qatnashchilar mazkur ko‘rgazma bilan tanishdilar.

Delegatsiyamizning safari 9 sentabr kuni ham davom etadi. Kun tartibidan bir qancha delegatsiya rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash