24-28 oktyabrь kunlari O‘zbekistonda Qirg‘iziston madaniyat kunlari o‘tkaziladi
18 May, 2021 - 15:17
2038
Joriy yilning 24-28 oktyabrь kunlari O‘zbekiston Respublikasida Qirg‘iziston Respublikasining "Qirg‘iziston madaniyati kunlari" o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning 24-28 oktyabrь kunlari O‘zbekiston Respublikasida Qirg‘iziston Respublikasining "Qirg‘iziston madaniyati kunlari" o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Qirg‘iziston Respublikasidan jami 70 kishidan iborat delagatsiya tashrifi kutilmoqda. Qirg‘iziston madaniyati kunlari doirasida 1-kuni Toshkent shahrining «Xazrati imom» majmuasi, O‘zbekiston amaliy san’ati muzeyi, 2 -kuni Toshkent fotosuratlar uyida Qirg‘izistonning amaliy san’at ustalarining ko‘rgazmasi,
A.Navoi nomidagi kino saroyida Qirg‘iz filьm namoyishi, A.Navoi nomidagi davlat Akademik katta teatrida Qirg‘iziston madaniyati kunlarining tantanali ochilishi, 3-kuni Samarqand shahridagi "Xazrati Xizr" majmuasi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentining maqbara majmuasi ziyorat va "Registon" maydoni, 4-kuni Toshkent shahridagi A.Temur muzeyi hamda Oloy bozoriga tashriflar uyushtirilgan.