O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida yangi o'quv yili boshlandi
05 Sep, 2022 - 15:00
502
Axborot va matbuot xizmati
Erta tongdan institut hududida bayram dasturi tashkil qilindi. 2022/2023-o'quv yili bo'yicha qabul qilingan 1-bosqich talabalari ko'tarinki ruhda kutib olindi.
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev barcha professor-o'qituvchilar va talabalarni yangi o'quv yili bilan qutladi. Tadbir davomida Ibrohim Yuldashev tomonidan eng yuqori ball to'plab grant asosida o'qishga tavsiya qilingan talabalarga maxsus diplomlar taqdim etildi. Shundan so'ng har bir o'quv yo'nalishida Mustaqillik darslari tashkil etildi.