Bayram shukuhi
29 Aug, 2022 - 12:37
439
Axborot va matbuot xizmati
Joriy yilning 27-avgust sanasida Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida qo‘shaloq tantanalar nishonlandi. Mustaqilligimizning 31 yilligi shodiyonalari "Gullar bayrami" va "Qovun sayli"ga ulanib ketdi.
Tadbirning asosiy sahnasi "Yurt bayrog‘i" maydonida o‘rnatilib, Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrining estrada-simfonik orkestri va teatr ijodkorlari tomonidan "Unutilmas ohanglar" nomli konsert dasturi taqdim etildi.