Xalqaro Anadolu kunlari madaniyat va san’at festivali
27 Aug, 2022 - 15:56
427
Axborot va matbuot xizmati
Etimesgut munitsipaliteti tomonidan bu yil 24-marta tashkil etilgan Xalqaro Anadolu kunlari madaniyat va san’at festivalida ishtirok etish uchun Turkiyada bo‘lgan o‘zbekistonlik san’atkorlar TURKSOYga tashrif buyurdi.
Taniqli san’atkor, Oʻzbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova hamrohligidagi delegatsiya TURKSOY Bosh kotibiyatida bo‘lib, Bosh kotib o‘rinbosari dots. Dr. Bilal Chakiji bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va TURKSOY o‘rtasidagi madaniy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. TURKSOY Bosh kotibiyati binosini ham ko‘zdan kechirgan o‘zbekistonlik san’atkorlar tashkilot faoliyati haqida qisqacha ma’lumot oldi.