“Maqomot” musiqiy festivali o‘tkazildi.
27 Aug, 2022 - 11:20
432
Axborot va matbuot xizmati
O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining shahar kengashi hamda Toshkent shahar Madaniyat bosh boshqarmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab “San’atni qadrlagan yurt” shiori ostida “Maqomot” musiqiy festivali o‘tkazildi.
Festival Toshkent shahri boʻylab quyidagi nominatsiyalarda tashkil etildi:
– eng yaxshi maqom ijrochisi;
– eng yaxshi ayol maqom ijrochisi;
– eng yosh maqom ijrochisi.
Festival 7 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan havaskor ijrochilar o‘rtasida o‘tkazildi. Gʻoliblar Milliy tiklanish demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar, diplom va faol ishtiroki uchun faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.