Tayinlov
19 Jul, 2022 - 18:44
556
Axborot va matbuot xizmati
Ayni paytga qadar Madaniyat vazirligi Teatr va sirk san’atini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘lib ishlab kelayotgan Yuldashev Ozodjon Fayzullayevich O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri yordamchisi lavozimiga tayinlandi.
Ozodjon Yuldashev mazkur lavozimga qadar Madaniyat vazirligi Teatrlar va tomosha muassasalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi Teatrlar va tomosha muassasalari ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Madaniyat vazirligi Teatrlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Teatr va sirk san’atini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifalarida samarali faoliyat olib borgan.
O‘ylaymizki, u yillar davomida orttirgan bilim va tajribasini soha rivojiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida sarflaydi.
Ozodjon Yuldashevning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!