Yevropadagi eng mashhur zalda o‘zbekcha ohanglar yangraydi...

11 Jul, 2022 - 17:32
508
Yevropadagi eng mashhur zalda o‘zbekcha ohanglar yangraydi...

Axborot va matbuot xizmati

Madaniyat vazirligi xodimlaridan iborat o‘zbek delegatsiyasi Fransiyada bo‘lib, Parij filarmoniyasi direktor o‘rinbosari Viktor Sabatiyer bilan uchrashdi.

Muzokara davomida joriy yil sentabr oyida Yevropada eng mashhur zallardan biri bo‘lgan  Parij filarmoniyasi katta zalida o‘zbek san’atkorlari ishtirokida konsert o‘tkazish xususida kelishib olindi.

Kelishuvga binoan, mazkur konsert doirasida maqom va baxshichilik yo‘nalishida 4 ta konsert dasturlari namoyishi tashkil etiladi. Shu kabi masalalar muhokama etilgan uchrashuv har ikki tomon uchun samarali kechdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash