“Zamin” folklor ansambli a’zolari Ispaniyada
26 Jun, 2022 - 18:30
435
Axborot va matbuot xizmati
“Zamin” folklor ansambli 25-iyundan 2-iyulga qadar Ispaniyaning Kalella shahrida o‘tkaziladigan “GRAND CALELLA FOLK FESTIVAL” xalqaro folklor festivalida mamlakatimz nomidan ishtirok etadi.
O’n beshdan ortiq davlatning folklor jamoalari ishtirok etadigan mazkur fetivalda mamlakatimiz madaniyati va urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan chiqishlar jahon san’at ixlosmandalariga namoyish qilinadi.
Ma’lumot uchun, “Zamin” folklor ansambli a’zolari Malayziya, Tailand, Turkiya va Indoneziya kabi qator davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro festivallar va tanlovlar g‘olibligini qo‘lga kiritishgan.
Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube