TAYINLOV
29 May, 2022 - 14:00
690
Axborot va matbuot xizmati
Joriy yilning 28-may kuni O‘zbekiston davlat filarmoniyasida Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilib, unda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori o‘rinbosari tayinlandi. Shu kunga qadar tizimda qator lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan Yuldashev Qobil Sobirjonovich O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘i bilan O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.