Uchta yangi sahna asari taqdim etildi
24 May, 2022 - 13:36
524
Axborot va matbuot xizmati
Uchta yangi sahna asari taqdim etildi
Ayni kunlarda mamlakatimiz teatr jamoalari yangi sahna asarlarini Badiiy kengash e’tiboriga havola etmoqda. Shunday taqdimotlar Farg‘ona, Marg‘ilon va Namangan shaharlarida o‘tkazildi.
Xususan, Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrida “Reportaj” spektakli namoyish qilindi. Ushbu sahna asari dramaturg Jo‘ra Mahmudov qalamiga mansub bo‘lib, rejissyor Obid Abdullayev tomonidan sahnalashtirilgan. Sahnalashtiruvchi rassomlar Sherali Daminov, Furqat Qo‘chqorov, bastakor Qosimjon Samiyev.
Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrida dramaturg Nurillo Abbosxon asari asosida rejissyor Muhammadsoli Yusupov tomonidan sahnalashtirilgan “Sehrli chimildiq” musiqali kommediyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Namangan viloyati musiqali drama teatrida esa “Ibrat” spektakli mutaxassislar e’tiboriga havola qilindi. Dramaturg Nurillo Abbosxon tomonidan yozilgan mazkur asarni rejissyor Shuxrat Abdullayev sahnalashtirgan, sahnalashtiruvchi rassom Ixtiyor Gʻoipov, Saida Abdulboqiyeva.
Taqdimotlarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi teatr va sirk san’atini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosori Mahmutbay Aytniyazov va teatrshunoslar Shorustam Obidov, Oybek Veysal o‘g‘li hamda teatr badiiy kengashi a’zolari qatnashdi.