Mazmunli hordiq uchun yana bir maskan

24 May, 2022 - 11:30
576
Mazmunli hordiq uchun yana bir maskan

Axborot va matbuot xizmati

Mazmunli hordiq uchun yana bir maskan

Ma’lumki, joriy yilda aholining mazmunli madaniy hordiq chiqarishi uchun ko‘plab qulayliklar yaratildi.  Xususan, bir nechta yangi madaniyat markazlari qurilib, mavjudlari qayta ta’mirlandi. Ayni paytda  yana bir madaniyat markazi aholiga xizmat qilish uchun tayyor holatda.

Quyi Chirchiq tumanining chekka xududlaridan biri bo‘lgan Beruniy MFYda mavjud binoning asl ko‘rinishi saqlangan holda qayta  ta’mirlanib, zamonaviy madaniyat markaziga aylantirildi va jihozlandi.
Faoliyatini boshlashga tayyor mazkur markaz qoshida tashkil etilgan to‘garaklar, ijodiy jamoalarning xalqimizga sifatli madaniy xizmat ko‘rsatishlarini ta’minlashga tayyorligini bir-bir ko‘zdan kechirib, zarur tavsiya va topshiriqlar berdik.

Ishonamizki, endilikda Beruniy mahallasi aholisi mazmunli hordiq chiqarib, mamnun bo‘lishadi. 
Zotan, Yangi O‘zbekistonda barcha islohotlar inson qadrini yuksaltirishga qaratilgani deyarli barcha sohada o‘z aksini topmoqda.

Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash