Farg'onada «Oʻzbekiston-Tojikiston» yoshlar forumi boshlandi
23 May, 2022 - 09:03
507
Axborot va matbuot xizmati
Farg'onada «Oʻzbekiston-Tojikiston» yoshlar forumi boshlandi
«Markaziy Osiyo yoshlar forumi (http://yfca.uz/)» doirasida Tojikiston yoshlaridan iborat delegatsiya hamda O‘zbekiston yoshlari Margʻilon Temir yo‘l vokzalida viloyat hokimi o‘rinbosari Fayzullo Qosimov, Marg‘ilon shahar hokimi Adhamjon Ziyavitdinov, viloyat Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi mutasaddilari hamda Marg‘ilon shahar Madaniyat markazi qoshidagi "Inom milliy cholg‘ulari" xalq guruhi tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.
Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Yoshlar va sport ishlari qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari Shabnam Karim Rahimzoda boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Marg'ilondagi «Hunarmandlar markazi» da bo'ldilar.
U yerda milliy hunarmandchiligimiz, atlas-u adras, matolarimizning yaratilish tarixi, bosqichlari bilan yaqindan tanishdilar.