ShHTga a’zo davlatlar madaniyat vazirlarining XIX yig‘ilishi
19 May, 2022 - 15:39
501
Axborot va matbuot xizmati
#live
Ayni paytda poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasining anjumanlar zalida ShHTga a’zo davlatlar madaniyat vazirlarining XIX yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Hindiston Respublikasi Davlat madaniyat vaziri Arjun Ram Megval, Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va sport vaziri Abayev Dauren Askarbekovich, Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Jao Syuan, Qirg‘iziston Respublikasi madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Jamankulov Azamat Kaparovich, Pokiston Islom Respublikasi Federal ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, milliy meros va madaniyat vazirligining qo‘shma kotibi Sajjad Axmed, Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Lyubimova Olga Borisovna, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Davlatzoda Zulfiya Davlat, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Nazarbekov Ozodbek Axmadovich va SHHT Bosh kotibi Chjan Min ishtirok etmoqda.
Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.Nazarbekov boshqarmoqda.
Madaniyat.uz (https://madaniyat.uz/uz/) | Telegram (https://t.me/madaniyatvazirligi) | Facebook (https://www.facebook.com/madaniyat.uz/) | Instagram (https://www.instagram.com/madaniyatvazirligi/) | YouTube (http://youtube.com/channel/UCYTQJhNSqcT8dvDMSD8GwaQ)