Mukofot muborak!

17 May, 2022 - 21:00
470
Mukofot muborak!

Axborot va matbuot xizmati

Mukofot muborak! 

San’atning jozibador va nafis turlaridan sanalgan raqs san’atining eng faol, shijoatli va fidoyi vakillaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti Rushana Sultonovaga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini topshirdik.

 1965 yilning 27 noyabrida  Buxoro viloyatining Gazli shahrida tavallud topgan R.Sultonova 1991 yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat  institutini tamomlagan. Ilk mehnat faoliyatini hozirgi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida boshlagan. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston davlat filarmoniyasida balet solisti, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” raqs ansamblida oliy darajali balet solisti,  “O‘zbekraqs” birlashmasida oliy darajali balet solisti sifatida ijod qildi. 

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansamblining bosh baletmeysteri bo‘lib faoliyat yuritayotgan Rushana Sultonovaning o‘zbek raqs san’ati, xususan, balet san’ati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini alohida e’tirof etish lozim. 

“Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoniga haqli ravishda munosib bo‘lgan ustoz san’atkorni mukofot bilan samimiy qutlab, sahnalarni zabt etishdan aslo charchamang, deymiz.

Ozodbek Nazarbekov,
madaniyat vaziri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash