TA’ZIYA

16 May, 2022 - 11:34
484
TA’ZIYA

Axborot va matbuot xizmati

TA’ZIYA

O‘zbekiston xalq baxshisi, Sherobod dostonchiligi maktabi vakili Abdunazar Poyonov 73 yoshda vafot etdi.

Abdunazar Poyonov 1949-yil Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2003-yilda O‘zbekiston xalq baxshisi unvoni bilan taqdirlangan. Dostonchilik an’analarini Mardonaqul baxshi, Umr baxshilardan o‘zlashtirgan, Abdunazar baxshi  repertuaridan “Alpomish“, “Malika ayyor“, “Sherali“ va boshqa dostonlar, do‘mbira kuylari hamda Vatanga muhabbat, sadoqat, xalq hayoti mavzularida o‘zi ijod qilgan termalar o‘rin olgan. Xalqaro  va respublika baxshi-shoirlar tanlovlari g‘olibi bo'lgan.

Madaniyat vazirligi Abdunazar Poyonovning vafoti munosabati bilan oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash