Xalqaro hamkorlik
14 May, 2022 - 18:00
504
Axborot va matbuot xizmati
Rossiya Federatsiyasi, Dog‘iston Respublikasi, Derbent davlat drama teatri badiiy rahbari Firdousi Askerov va Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori Botir Tugalov tomonidan ikki davlat madaniy aloqalarni rivojlantirish, teatrlar o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo’yicha o‘zaro memorandum imzolandi.
Jumladan, dramaturglar, rejissyorlar, rassomlar, aktyorlar xizmati va tajribalarini almashish, yuqori saviyali milliy va chet el sahna asarlarini hamkorlikda yaratish, shuningdek taniqli ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish, xalqaro festivallarda ishtirok etish, gastrollar tashkil etishda hamkorlikni amalga oshirish memorandumning asosini tashkil etadi.