12 may – Xalqaro hamshiralar kuni
12 May, 2022 - 12:06
564
Axborot va matbuot xizmati
12 may – Xalqaro hamshiralar kuni
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi yurtimizdagi barcha hamshiralarni, aziz va fidoyi o‘rta tibbiyot xodimlarini Xalqaro hamshiralar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
Hamshiralik ishi asoschisi Florens Naytingeyl ta’riflaganidek, “Kasallarga qarash – rassomlik va haykaltaroshlik kabi san’at. Parvarish qilish san’ati eng oliy san’atdir”. Biz bunga har birimiz ko‘p bor guvoh bo‘lib, to‘la ishonch hosil qilganmiz.
Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi tufayli el boshiga tashvish tushgan o‘ta og‘ir va murakkab davrda siz, aziz shifokorlar, mehribon hamshiralarning o‘z hayotingizni xatarga qo‘yib, ushbu xavfli kasallikka qarshi mardona kurashganingiz tufayli minglab bemorlar shifo topib, hayot quvonchini yana his qildi. Bu jasoratingizni har qancha e’tirof etib, har qancha ta’zim qilsak arziydi.
Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mashaqqatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!