Ijodiy hamkorlik

11 May, 2022 - 09:35
532
Ijodiy hamkorlik

Axborot va matbuot xizmati

Ozarbayjon  Respublikasi Baku Davlat drama teatri direktori Iftihar Piriyev va Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori  Botir Tugalov  tomonidan ikki davlat madaniy aloqalarini rivojlantirish, teatrlar o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo’yicha o‘zaro memorandum imzolandi.

Jumladan,  dramaturglar, rejissyorlar, rassomlar, aktyorlar xizmati, tajriba almashish, yuqori saviyali milliy va chet el sahna asarlarini hamkorlikda yaratish, shuningdek taniqli ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish, xalqaro festivallarda ishtirok etish, gastrollar safarlari tashkil etishda hamkorlikni amalga oshirish - mazkur memorandumning asosini tashkil etadi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash