O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi barchangizni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklaydi!

09 May, 2022 - 09:32
488
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi barchangizni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklaydi!

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi barchangizni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklaydi!

Biz, bugungi avlod vakillari Vatanimiz tinchligi va farovonligi uchun jang maydonlarida buyuk qahramonlik ko‘rsatib, halok bo‘lgan ota-bobolarimiz, front ortida fidokorona mehnat qilgan faxriylarimiz bilan umrbod faxrlanamiz. Ular xotirasi oldida doimo bosh egib, hurmat bajo keltiramiz.

O‘z navbatida, urushdan keyin mamlakatni tiklash, jonajon O‘zbekistonimizni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, tabarruk yoshga yetib, duogo‘yimiz bo‘lib yurgan nuroniy otaxonu onaxonlarimizga cheksiz minnatdorligimizni bildiramiz. 

Barchangizga shon-sharaflar bo‘lsin!

Yurtimizda hamisha tinchlik va farovonlik hukm sursin!

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash