Qalbi daryo xalq bilan yonma-yon
06 May, 2022 - 13:23
517
Axborot va matbuot xizmati
Qalbi daryo xalq bilan yonma-yon
San’at har qanday fe’lli insonni qalbini eritishdek xususiyatga ega desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Qalbi daryo qashqadaryoliklar uchun taqdim etilgan “Inson qadri uchun!” madaniy-ma’rifiy tadbir davomida yoshu-keksa birdek yayrab, raqsga tushishdi.
Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyatining barcha tuman va shahar markazlari va mahallalarida bo‘lib o‘tayotgan madaniyat kunlarida san’atimizning zabardast vakillari va yosh yulduzlari ishtirokida konsert dasturlari tashkil etilmoqda.
Shu o‘rinda, xalqimizga farovon turmush tarzi yaratish, inson qadrini ulug‘lashni maqsad qilgan davlatimiz rahbari tomonidan ko‘rilayotgan oqilona chora-tadbirlar va xalq bilan yonma-yon turib, ularning har bir istak va ehtiyojlarini hisobga olib ishlashimizga kerakli barcha shart-sharoitlarni yaratib berilayotganini alohida ta’kidlashimiz joiz.
Bir so‘z bilan aytganda, bugun xalqimizning madaniy hordiq chiqarishga bo‘lgan ehtiyoji har qachongidan-da kuchli, ishtiyoqi baland ekanligini ko‘ryapmiz. Bu chanqoqlik esa bizga yanada shijoat bilan mehnat qilishimiz, san’atkorlarimizning samarali ijod qilishlariga yangi kuch beradi.
Zotan, san’atga oshuftalik zamon ham makon ham tanlamaydigan ajib bir tuyg‘u ekanligini qalbi daryo xalq bilan yuzlashganda yana bir bora his qildik.
Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri