HAQ SO‘ZNI AYTISHDAN CHARCHAMANG!

03 May, 2022 - 14:30
537
HAQ SO‘ZNI AYTISHDAN CHARCHAMANG!

Axborot va matbuot xizmati

HAQ SO‘ZNI AYTISHDAN CHARCHAMANG!

So‘nggi yillarda yurtimizda ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi o‘rni va roli oshdi. Ochiqlik va oshkoralik siyosatining olib borilayotgani OAVda, xususan, matbuotda o‘zining amaliy ifodasini topmoqda. Natijada matbuotning jamiyatdagi nufuzi yanada ortib bormoqda. 

Shuningdek, jamiyatda mavjud muammo va salbiy illatlarni ochib berishda ham bu soha vakillari o‘z pozisiyasiga egadir. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining so‘z erkinligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari jurnalistlarga shijoat bag‘ishlamoqda.

Zero, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning shunday misralari bor:
...Temur tig‘i yetmagan joyni,
Qalam bilan oldi Alisher...

Darhaqiqat, birgina so‘z kuchi, qudratini, ma’rifatning jaholatdan ustunligi jurnalistlar faoliyatida o‘z isbotini topmoqda. Ta’kidlash joizki, har bir davlat idoralari va tashkilotlarida axborot va matbuot xizmatlarining  tashkil etilishi ham axborot erkinligi va shaffofligini ta’minlashda muhim omil bo‘lgan bo‘lsa, matbuot jurnalistikasi uchun bir qator imkoniyatlarni yaratdi. O‘ylaymizki, Uchinchi Renessans vakillari orasida ustozlari yo‘lini davom ettirib, matbuot rivojiga munosib hissa qo‘shadigan, qalami o‘tkir jurnalistlar yetishib chiqadi.

Bugungi “Xalqaro matbuot erkinligi kuni” munosabati bilan matbuot erkinligi ta’minlanishi va haqiqat yuzaga chiqishida kurashib kelayotgan, jamiyatimizni oshkora va shaffoflik sari qadam qo‘yishiga sababchi bo‘layotgan barcha jurnalistlarni chin ko‘nglimdan tabriklayman. Haqiqat, adolat va tenglik yo‘lida aytayotgan so‘zingiz baralla yangrasin. Haq so‘zni aytishdan hech qachon charchamang! Hamisha qadringiz baland (https://telegra.ph/file/5497227de2bcd935a3ce6.png), qalamingiz o‘tkir bo‘lsin!

Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash