VAZIR TAYYORGARLIK ISHLARI BILAN TANISHDI

25 Apr, 2022 - 21:30
463
VAZIR TAYYORGARLIK ISHLARI BILAN TANISHDI

Axborot va matbuot xizmati

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov  Xiva shahri 25-30 aprel kunlari o‘tkaziladigan “Lazgi” xalqaro raqs festivaliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. 
Festival doirasida raqs san’atiga oid ko‘rgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi hamda ularning savdosi tashkil etiladi.
Ma’lumot shrnida shuni qayd etish kerakki, tanlov nizomiga ko‘ra, g‘oliblar xalqaro miqyosdagi taniqli raqs san’ati ustalari, san’atkorlar, san’atshunos va musiqashunos olimlar, kompozitor va bastakorlar, sohaning yetuk mutaxassislaridan iborat xalqaro hay’at tomonidan 3 ta nominasiya (“Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi”, “Eng yaxshi raqs jamoasi”, “Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs”) bo‘yicha aniqlanib, taqdirlanadi. Shuningdek, faol ishtirokchilar ham e’tirof etiladi.
Vazir tanishuv jarayonida milliy nomoddiy madaniy merosimiz bo‘lgan “Lazgi” raqsi tarannum etiladigan xalqaro festivalni yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Hamda matasaddilarga tegishli vazifalar topshirildi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash