Xiva — “Lazgi” xalqaro raqs festivali mezboni
25 Apr, 2022 - 15:30
537
Axborot va matbuot xizmati
25 — 30-aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Lazgi” xalqaro raqs festivali boʻlib oʻtadi.
Prezidentimizning 2020-yil 28-sentabrdagi “Lazgi” xalqaro raqs festivalini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori asosida YUNESKO, Madaniyat vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu sanʼat bayramida 30 dan ziyod davlatdan isteʼdodli raqqosalar, professional raqs jamoalari, raqs sanʼati ustalari, musiqashunos va sanʼatshunos olimlar, sanʼat va madaniyat arboblari, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashishi kutilmoqda.
Festival doirasida raqs sanʼatiga oid koʻrgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi hamda ularning savdosi tashkil etiladi.
Tanlov nizomiga koʻra, gʻoliblar xalqaro miqyosdagi taniqli raqs sanʼati ustalari, sanʼatkorlar, sanʼatshunos va musiqashunos olimlar, kompozitor va bastakorlar, sohaning yetuk mutaxassislaridan iborat xalqaro hayʼat tomonidan 3 ta nominatsiya (“Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi”, “Eng yaxshi raqs jamoasi”, (https://telegra.ph/file/6b4a9b7f65406e365f992.png) “Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs”) boʻyicha aniqlanib, taqdirlanadi. Shuningdek, faol ishtirokchilar ham eʼtirof etiladi.
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish joizki, “Xorazm lazgi raqsi” 2019-yil 12-dekabrda YUNESKOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan.