"Toj" spektakli taqdimoti
21 Apr, 2022 - 12:30
579
Axborot va matbuot xizmati
Jizzax viloyati musiqali drama teatrida Sulton Rayev qalamiga mansub "Toj" asari Madaniyat vazirligi badiiy kengashi ko‘rigiga taqdim etildi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining bosh rejissyori Farxod Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan spektaklda inson hayot yo'lining eng avj pallasida shohona hayotga, hoyu-havasga, to'kin-sochinlikka erishishni orzu qilib yuksaklikka qarab intilaveradi.
Asarda odamga haqiqiy insoniylik maqomi berilganining yaqqol ifodasini ko'rish mumkin. Uni munosib ko'tarib yuradiganlar va aksincha, o'z manfaati yo'lida foydalanadiganlar o'rtasidagi farq shundaki, birinchi holatda inson ruhiyati doimiy yorug'lik sari intilsa, ikkinchi holatning salbiy oqibatlari ushbu tojni o'lim tojiga aylantirib qo'yishi mumkin. Ushbu spektakl badiiy kengash tomonidan ijobiy baholandi.