“OPERETTA.UZ” I Xalqaro musiqali teatrlar forumi doirasida uchrashuv
20 Apr, 2022 - 14:34
548
Axborot va matbuot xizmati
Madaniyat vazirligida vazir o‘rinbosari Umidjon Qo‘qonboyev bilan Rossiya musiqali teatrlari assotsiatsiyasi prezidenti G.Isaakyan, ijrochi direktor N.Zikova, Novosibirsk musiqali teatri badiiy rahbari L.Kipnis, “Sankt-Peterburg Opera” davlat musiqali kamer teatri direktori Y.Malgin hamda “Zazerkalye” Sankt-Peterburg davlat bolalar musiqali teatri direktori A.Mustakimovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zaro madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, teatrlar o‘rtasida tajriba almashish kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.