Mehnat yarmarkasi tashkil etildi
20 Apr, 2022 - 09:00
551
Axborot va matbuot xizmati
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari madaniyat boshqarmalari hamda Qo'qon shahar aholi bandligiga ko'maklashish markazi bilan hamkorlikda bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkaga tashrif buyurgan 90 ga yaqin korxona va tashkilotlar 150 dan ortiq bo'sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini yo'nalishlar bo'yicha aytib o'tishdi. Tadbir davomida filialning iqtidorli talabalari ijrosida dilrabo kuy-qoshiqlar va jozibali raqslar namoyish etildi.