“15 Aprel – Madaniyat va san'at xodimlari kuni”

15 Apr, 2022 - 14:22
743
“15 Aprel – Madaniyat va san'at xodimlari kuni”

Axborot va matbuot xizmati

Qadrli madaniyat xodimlari, Sizlarni kasb bayramingiz - “15 Aprel – Madaniyat va san'at xodimlari kuni” bilan chin dildan tabriklayman! 

2021-yilning 7-iyun kuni hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonlaridan “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi. Bu esa yurtimizda madaniyat sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibordan dalolatdir. 

Aziz do'stlar, madaniyat va san'at sohasida ko'p yillar davomida mehnat qilib, soha rivojiga hissa qo'shayotgan siz azizlarni yana bir bor qutlab, o'zbek milliy madaniyatining dunyoga tanilishi va uning nufuzini yanada oshirish yo'lida xizmat qilishingizga tilakdoshmiz!

Aziz Abduhakimov, Bosh vazir o’rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash