Fransiyaliklar bilan uchrashuv

13 Apr, 2022 - 17:00
540
Fransiyaliklar bilan uchrashuv

Axborot va matbuot xizmati

Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli ijodkorlari va Fransiyaning Burj shahrida joylashgan Xalqaro ta’lim va birdamlik jamiyati vakillari Alan Payen, Emmanuel Dyufur o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Muloqot chog‘ida o‘zbek musiqa va raqs san’atini  Fransiya ommasiga yaqindan tanishtirish, oktabr oyida Burj va unga yaqin shaharlarda bo‘lib o‘tadigan festivalda “Bahor” davlat raqs ansambli vakillarining ishtiroki masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro ta’lim va birdamlik jamiyati tashabbusi bilan tashkil etilayotgan bunday tadbirlar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, ikki mamlakat madaniyati, tarixi, urf-odatlari bilan yaqindan tanishish, yoshlari o‘rtasida do‘stona munosabatlarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlik iste’dodlarni aniqlash, xalqaro darajadagi yetuk mutaxassislar tayyorlashga ham xizmat qiladi.

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash