Mahorat darsi
13 Apr, 2022 - 16:15
549
Axborot va matbuot xizmati
O‘zbekiston davlat san‘at va madaniyat instituti "Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati" kafedrasi "Kino-teleoperatorlik" ta‘lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun milliy maktab kinooperatorlari bilan mahorat darslari o‘tkazildi.
Unda uch avlod tasvirchilari – Abdurahim Ismoilov, Hamidulla Hasanov, Abduvohid G‘aniyev, Rustam Murodov, Azizbek Arziqulov, Umid Malikov, Jahongir Ibragimov, Husan Aliyev o‘z ijodiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Xususan, "Eksperiment 17" loyihasi doirasida professional kinooperatorlarning mahorat darslari, intervyulari, mutaxassislikni rivojlantirish uchun amaliy taklif va xulosalar o‘rganildi.